Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga shikoyat qilingan soliq nizolari Kengash tomonidan ko‘rib chiqilmaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tomonidan soliq nizolarini ko‘rib chiqish reglamenti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi.

Reglamentga muvofiq, Kengash Davlat soliq qo‘mitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi tomonidan avval ko‘rib chiqilgan, lekin natijasi soliq to‘lovchini qoniqtirmagan soliq nizolarini ko‘rib chiqadi.

Jinoyat ishlari doirasida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari hamda soliq to‘lovchi sudga shikoyat qilgan soliq nizolari Kengash tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Kengashning ishchi organi Moliya vazirligida tashkil etiladigan kotibiyat hisoblanadi.

Soliq to‘lovchi soliq nizosini ko‘rib chiqish uchun arizaga quyidagilarni ilova qiladi:

•    soliq to‘lovchini qoniqtirmagan Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasining xulosasi nusxasi;
•    ariza soliq agenti yoki vakil tomonidan berilganda ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

Soliq nizosi Kengash tomonidan 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilganda 1 oygacha muddatda ko‘rib chiqadi.

Soliq nizosi bo‘yicha Kengash xulosasi bir ish kunida soliq nizosi taraflariga yuboriladi. Kengash xulosasi tavsiyaviy xususiyatga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat soliq qo'mitasi

Baholaganlar

4

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing