Shon O'Melli qachon jang qilishi mumkinligini aytdi

Sport

image

Og‘ir vaznda (61 kg gacha) sobiq UFC chempioni amerikalik Shon O'Melli oktagonga qachon qaytishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

“Men 9-10 oy, balki bir yil jang qilmayman. Odamlar UFC'ni sog‘inib tomosha qilishlari kerak. To‘liq tiklanish uchun tanaffus qilish foyda bo‘ladi. Mening navbatdagi raqibim aniqmas, tiklanishim kerak, tamom. Balki kelasi yilning iyun yoki iyul oylariga qadar jang o‘tkazmayman”, deydi Shon

Ma’lumot uchun, Shon O'Melli 29 yoshda. Amerikalik professional aralash uslubdagi jangchi sifatida 2015 yilda debyut qilgan va 2018 yildan buyon UFC'da ishtirok etib kelmoqda. 2023 yilning avgustida O'Melli hamyurti Aljameyn Sterlingni mag‘lub etib, tashkilot chempioniga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika Shon O'Melli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made