“Trastbank” Shimoliy Amerikadagi “BMO Bank”da AQSH dollaridagi to‘lovlar uchun vakillik hisobvarag‘ini ochdi

Biznes

−

image

“Trastbank” Shimoliy Amerikadagi “BMO Bank” (Bank of Montreal)da AQSH dollari to‘lovlari uchun vakillik hisobvarag‘ini ochdi

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki AQSH dollaridagi to‘lovlar uchun Shimoliy Amerikadagi yirik banklardan biri “BMO Bank” (Bank of Montreal)da vakillik hisobvarag‘ini ochdi. Bu “Trastbank” XAB va Amerikaning “OWNY INC” kompaniyasi o‘rtasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bosh kelishuv bilan tasdiqlangan uch tomonlama innovatsion sxemaning joriy etilishi natijasida amalga oshirildi.

Ushbu amaliyot “Trastbank”ka xalqaro to‘lov imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, AQSH dollaridagi operatsiyalarni optimallashtirish hamda mijozlarga transchegaraviy amaliyotlarda tezlik va ishonchlilikni kafolatlash imkonini beradi. Shuningdek, bankning xalqaro standartlarga to‘liq javob berishini va shaffofligini namoyon etadi.

1817 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Kanadadagi eng qadimgi transmilliy banklardan biri bo‘lmish “BMO Financial Group” (Bank of Montreal) tarkibiga kiradigan “BMO Bank” konsolidatsiyalangan aktivlari hajmi 1,54 trln AQSH dollaridan oshadi. Shimoliy Amerikadagi eng yirik banklar orasida 8-o‘rinni egallaydi. AQSH bozorida “BMO Bank” mamlakatdagi eng yirik 15 ta tijorat banki orasida kuchli strategik mavqega ega. Ushbu moliya muassasasining yuqori darajadagi ishonchliligi yetakchi xalqaro reyting agentliklari – Fitch (AA-), Moody's (Aa2) va S&P (A+) tomonidan tasdiqlangan. “BMO Bank” xalqaro “Global Finance” nashri tomonidan Shimoliy Amerikada tranzaksion bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetakchi tashkilot sifatida e’tirof etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Trastbank” XAB bugungi kunda Germaniya (Commerzbank AG), Avstriya (Raiffeisen Bank International AG), Xitoy (Yinzhou Bank, China Zheshang Bank), Qozog‘iston (Halyk Bank) va boshqa mamlakatlardagi yetakchi xorijiy banklar bilan barqaror vakillik aloqalarini yuritib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing