Shomurodovga kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Italiyaning “Roma” klubi a’zosi Eldor Shomurodov rimliklar safini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fransiyaning “Lill” klubi Shomurodov transferi uchun kurashga qo‘shilgan. Klub hujumchi uchun 13-14 million yevro ajratmoqchi.

27 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriyaning 6 ta o‘yinida maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Eslatib o‘tamiz, anchadan buyon “Torino” klubi o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirayotgandi, biroq keyinchalik Turin klubi Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing