Shomurodovning xaridorlari kimlar?

Sport

image
0:00
0:00
download

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida Italiya klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.

Shuningdek, nashr Shomurodovga qishda qaysi jamoalar taklif bilan chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik forvardga “Bolonya” va “Torino” klublari qiziqish bildirmoqda. Katta ehtimol bilan 27 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirigacha ijara asosida yangi klubga o‘tadi va klublar yozda to‘liq transfer masalasini muhokama qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan yozda “Jenoa”dan 18 millon yevro evaziga “Roma”ga o‘tgan edi. 

Joriy mavsumda hujumchi rimliklar safida atigi yettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Hozirda “Trannsfermarkt” portali O‘zbekiston terma jamoasi sardorini 8 millon yevroga baholamoqda.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shomurodov

Baholaganlar

1020

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing