Shomurodov, vaqtida ketding, uka – Davron Fayziyev

Sport

image

Taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev portugaliyalik taniqli futbol mutaxassisi, “Roma” ustozi Joze Mourinoning ish uslubi va o‘ziga xos xarakteri haqida fikr bildirdi. Fayziyev hozirgi vaqtda “Roma”da aktual bo‘lib turgan muammo haqida ham o‘z munosabatini ma’lum qildi. 

“Gvardiolaning ba’zi yulduzlar bilan chiqisha olmaganini aytdik. Bu borada Joze Mourino ham qolishmaydi. Misollar ko‘p. Eng oxirgisi va shu kunlarda aktual holatni keltirib o‘taman. Mourning g‘azabiga uchragan Nikolo Zanolo yarim yilga futbolsiz qolishi mumkin. Bir paytlar u yangi Totti va “Rim imperatorligiga” da’vogar deb atalgan. Hozir esa xoin tamg‘asiga duchor bo‘ldi. Hammasi Nikoloning Mourino o‘yin uslubi va ishlash uslubiga moslasha olmagani sababli klubdan ketish xohishidan boshlandi. Zanolo rahbariyatdan o‘zini transferga chiqarishni so‘ragan. Lekin qisqa muddat ichida tuzukroq taklif bo‘lmadi. Birgina “Bornmut” varianti bor edi. Muxlislar ham Zanolodan xafa bo‘lib, unga turli tahdidlar qilishdi. “Roma” esa yaxshiroq taklif bo‘lmagach, Zanologa shart qo‘ydi. Yoki “Bornmut” yo o‘rinbosarlar tarkibi. Chunki Mourino uni baribir o‘ynatmaydi. Zanolo ketishga rozilik berdi, lekin “Bornmut” ungacha pulni sarflab bo‘ldi”, deydi Fayziyev.

Shuningdek, Davron Fayziyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni o‘z vaqtida Rim klubini tark etganini ta’kidladi.

“Nikolo qoldi, lekin unga jamoa bilan shug‘ullanish ta’qiqi qo‘yildi. Faqatgina bazada bir o‘zi mashg‘ulot qilishi mumkin. Zanolo o‘ziga nisbatan asossiz taziyq yuzasidan sudga murojaat qilmoqchi. Shoma, vaqtida ketding, uka”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 20 yanvar kuni rasman “Spetsiya” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Shomurodov yangi klubida ijara asosida mavsum oxirigacha to‘p tepadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Fayziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing