Shomurodov to‘p tepadigan klubga yangi murabbiy tayinlandi

Sport

image

Bugun, 23 fevral kuni Italiyaning “Spetsiya” klubiga murabbiy tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

55 yoshli italiyalik mutaxass Leonardo Semplichi mavsum yakuniga qadar klubni boshqarib boradi. U futbolchi sifatida Italiyaning turli klublarida o‘ynagan. “Fiorentina”, “Spal”, “Kalyaro” kabi jamoalarga ustozlik qilgan. Jamoa rahbariyati unga klubni A Seriyada olib qilish vazifasini yuklatdi. Murabbiy faoliyati davomida titullar qo‘lga kiritmagan.

Hozirgi vaqtda “Spetsiya” Italiya chempionatining ortda qolgan 23 ta turidan so‘ng, 19 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. Jamoaning eng yaqin ta’qibchisi “Verona” klubi bo‘lib turibdi. “Verona” hisobida 17 ochko mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Spetsiya” safida so‘nggi uchta o‘yinda maydonga tushdi. Hozircha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori yangi klubida samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Spetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing