Shomurodov to‘p surayotgan “A Seriya” eng yaxshi chempionat deb topildi

Sport

image

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2020 yilning eng yaxshi milliy chempionatlari reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov to‘p surayotgan Italiya “A Seriya”si yilning eng yaxshi ligasi deb topildi. 

E’tiborlisi, “A Seriya” 1991–2006 yillar oralig‘ida 10 marta ushbu nominatsiyada birinchi o‘rinni egallagan, 2006 yildan keyin esa Angliya Premer-ligasi va Ispaniya “La Liga”si yetakchilik qilayotgandi.

Quyida 2020 yilning eng kuchli 10 ligasi:

1. “A Seriya” (Italiya) – 1026 ochko;

2. APL (Angliya) – 1003;

3. “A Seriya” (Braziliya) – 964;

4. “La Liga” (Ispaniya) – 954; 

5. Bundesliga (Germaniya) – 864;

6. Primeyra Liga (Portugaliya) – 721; 

7. Liga 1 (Fransiya) – 661; 

8. Birinchi divizion (Paragvay) – 610,5; 

9. Primera-divizion (Argentina) – 603;

10. “Seriya A” (Ekvador) – 579,5.

Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston Superligasi 48-o‘rinni egallagan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston chempionati 2019 yil ushbu ro‘yxatda 67-o‘rinda qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Superligasi La Liga Shomurodov A Seriya Angliya Prem'er-ligasi IFFHS Eldor

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing