Shomurodov “Spetsiya”dagi debyuti haqida nimalar dedi?
Sport
−
07 fevral 2023 7113 1 daqiqa
Ijara asosida Italiyaning “Spetsiya” klubida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yangi klubidagi debyuti haqida fikr bildirdi.
"O‘zimiz istagan natijaga erisha olmadik, lekin taslim bo‘lmaslik muhim ahamiyatga ega. “Spetsiya” kiyimini ilk bor kiyganimdan juda xursandman! Olg‘a, “Spetsiya”!” deydi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, “Spetsiya” hujumchining yarim mavsumlik ijarasi uchun “Roma”ga 1,5 mln yevro miqdorida pul to‘ladi. Mavsum yakunlangach, Shomurodov yana poytaxtga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev Eldor Shomurodovni o‘z vaqtida Rim klubini tark etganini ta’kidlagandi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart