Shomurodov “Roma”ning g‘alaba golini kiritdi (video)
Sport
−
07 mart
9078“Atletik”ga qarshi zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Eldor Shomurodov so‘nggi daqiqalarda gol urib, “Roma”ga g‘alaba taqdim etdi.
7 martga o‘tar kechasi Yevropa ligasi 1/8 final bosqich ilk o‘yinlari doirasida “Roma” o‘z uyida “Atletik”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsni rimliklar safida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ikkinchi taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Dastlab, mehmonlar hujumchisi Uilyams 50-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Anxelino 56-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Eldor Shomurodov gol urib, “Roma”ga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, “Roma” dastlabki o‘yinida “Atletik”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 13 mart kuni Bilbaodagi “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

