Shomurodov maydonga tushgan o‘yinda “Milan” “Roma”ni taslim etdi
Sport
−
07 yanvar 2022
4332Kecha, 6 yanvar kuni “Milan” Italiya A seriyasi 20-turi doirasida “Roma”ni qabul qildi va 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi bo‘limda milanliklar ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. 8-daqiqada Olive Jiru penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqaga kelib, Junior Messias raqib himoyachilarining qo‘pol xatosidan so‘ng, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 45-daqiqada esa “Roma” bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu vaziyatda Temmi Abraxam hisobni qisqartirdi.
Uchrashuvning ikkinchi taymida “rossonerilar” futbolchisi Rafael Leau uchrashuvga yakuniy nuqtani o‘rnatdi. Unga qadar esa bir necha marta darvoza to‘sini golga to‘sqinlik qilgan edi. “Roma” esa bor-yo‘g‘i ikki marta raqib darvozasi tomon xavfli hujum uyushtirdi.
O‘yin asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Zlatan Ibragimovich (Milan) penaltini golga aylantira olmadi.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov 76-daqiqada Abraxam o‘rniga maydonga tushdi. Biroq golli vaziyatlarda deyarli ishtirok etmadi. Shuningdek, “Roma”ning ikki nafar futbolchisi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
“Milan” 3:1 “Roma”
Gollar: Jiru, 8 (penalti), Messias, 17, Leau, 82 - Abraham, 41.
“Milan”: Menyan, Florenzi (Konti, 78), Kalulu, Gabbiya, Ernandes, Tonali, Krunich (Bakayoko, 64), Salemakers (Leau, 64), Dias (Maldini, 88), Messias, Jiru (Ibragimovich, 78).
“Roma”: Patrisiu, Manchini, Smolling, Ibanes, Karsdorp, Mxitaryan, Veretu (Afena-Gyan, 71), Pellegrini (El-Shaaravi, 71), Vina (Kristante, 71), Zaniolo (Peres, 85), Abraxam (Shomurodov, 76).
Chetlatishlar: Karsdorp, 74, Manchini, 90+3.
LiveBarchasi