Shols Zelenskiyning iltimosini rad etdi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Germaniya G‘arbda ishlab chiqarilgan qurollarni, jumladan, Leopard 2 tanklarini hamkorlar bilan kelishilmagan holda bir tomonlama tartibda yetkazib bermasligini aytdi. Bu haqda u “Welt am Sonntag” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ukraina tomoni Berlindan Leopard 2 tanklarini berishni bir necha bor talab qilgan. Bir qator liberallar va “yashillar” vakillari ham ushbu jangovar tizimlarni o‘tkazish tarafdori bo‘lishdi, biroq kansler hali ham bu masalada qat’iyligicha qolmoqda va hatto Qo‘shma Shtatlar ham Kiyevni tanklar bilan ta’minlamayotganini bir necha bor ta’kidladi.

“Germaniya aylanma almashinuv doirasida Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Gretsiyadan Ukrainaga zudlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan 100 dan ortiq tank yetkazib berilishiga erishdi”, deydi kansler.

Berlin nega Kiyevga G‘arbda ishlab chiqarilgan tanklarni, shu jumladan Germaniyaning Leopard 2 tanklarini taqdim etishga qarshi ekani haqidagi savolga javob berar ekan, u “Ukrainada Rossiya va postsovet davrida ishlab chiqarilgan tanklar uchun logistika, ehtiyot qismlar, o‘q-dorilar borligini” ta’kidladi.

“Biz boshqa mamlakatlardan yetkazib berishga harakat qilmoqdamiz. Ammo, avvalgidek, qanday qurollarni yetkazib berish masalasi juda aniq tamoyilga asoslanyapti – bir tomonlama qadamlar yo‘q”, deya ta’kidladi Shols.

Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vazirligining oldingi hisobotiga ko‘ra, Germaniya allaqachon Ukrainaga 686 million yevrolik harbiy mahsulotlar yetkazib bergan. Shunday qilib, Ukraina NATOga a’zo bo‘lmagan va alyans hamkorlari bo‘lmagan davlatlar orasida nemis qurollarining eng asosiy oluvchisiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olaf Shol'ts Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

489

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing