Shols Ukrainani tish-tirnog‘i bilan qo‘llashini aytdi
Olam
−
21 Sentabr 2022
8000Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga qo‘shimcha yordam, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berishga va’da berdi. Bu haqda u kecha, 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Biz Ukrainani bor kuchimiz bilan qo‘llab-quvvatlaymiz: moliyaviy, iqtisodiy, gumanitar, qolaversa, qurol-yarog‘ bilan”, deydi kansler.
Sholy so‘zida davom etarkan, Donbass, Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum o‘tkazayotganiga ham e’tibor qaratib, Rossiya tomonidan “diktovat” qilinayotgan mustaqillikni qabul qilib bo‘lmasligini aytdi.
“Rossiya tomonidan buyurilgan hech qanday tinchlik qabul qilinmaydi”, deydi u.
Germaniya hukumati rahbari o‘z nutqida G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar haqida ham ijobiy fikr bildirdi.
“Bu davlatlarning har biri BMTga a’zo bo‘lish chog‘ida dunyo tinchligi va xalqaro xavfsizlikni himoya qilish uchun kuchlarni birlashtirish va’dasining tasdig‘idir”, deydi Shols.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 sentyabr kuni (tan olinmagan) Lugansk xalq respublikasi va Donetsk xalq respublikalarining Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha referendum joriy yilning 23-27 sentyabr kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.
LiveBarchasi