Shols Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini e’lon qildi
Olam
−
11 iyul 2023 8126 1 daqiqa
Germaniya kansleri Olaf Shols G7 davlatlarining urush tugagandan keyin Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish masalasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyasini e’lon qildi. Bu haqda u Vilnyusda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitida ma’lum qildi.
"Biz uchun boshidanoq tinchlikka erishilgandan keyin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini mavjudligi muhim edi. Buning uchun zaruriy kelishuvlar tuziladi, ular nafaqat biz qo‘llab-quvvatlash shaklida taqdim etayotganimiz bilan, balki tinch vaziyatda talab qilinadigan narsalar bilan ham bog‘liq", deydi u.
Germaniya kansleri G7 davlatlarining bu bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyasini e’lon qilib, keyinchalik alohida davlatlar tomonidan aniq mazmun bilan to‘ldirilishini qo‘shimcha qilgan.
Shuningdek, kansler uning mamlakati Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turishini, Germaniya byudjetidan esa Kiyevni keyingi qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratilishini ta’kidlagan.
AFP agentligiga ko‘ra, Ukraina sammit doirasida alyansga qo‘shilish taklifini olmaydi, chunki AQSH va Germaniya davlatning NATOga kirishiga qarshi bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya hukumati NATO sammitida Ukrainaning alyansga kirishi Rossiya bilan urushga olib kelishi mumkinligidan xavotirlanib, qo‘shilishni kechiktirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.