Shols Rossiyaga qarshi yangi cheklovni G7 da muhokama qilish befoyda ekanini aytdi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Sholsning fikricha, AQSHning Rossiyadan Yevropa mamlakatlariga oltin eksportini taqiqlash haqidagi taklifi “Katta yettilik” guruhida (G7) emas, balki Yevropa Ittifoqida muhokama qilinishi kerak. Bu haqda u bugun, 27 iyun kuni ZDF telekanali efirida aytdi.

“Biz bu masalani muhokama qilmoqdamiz, lekin uni YeI doirasida muhokama qilish kerak, chunki bu masala bo‘yicha yakuniy qaror G7 tomonidan qabul qilinmaydi. Ammo biz sanksiyalarimizni doimiy ravishda takomillashtirib boramiz – ularni qo‘llab-quvvatlagan har bir kishi ishonishi kerak”, deya ta’kidlagan Shols.

Kansler Rossiyaga qarshi sanksiyalar bema’ni emasligini, ular ma’lum maqsadga yo‘naltirilganini qo‘shimcha qilgan.

“Ular Rossiya iqtisodiyotining sezilarli darajada zaiflashishiga va zaiflashishda davom etishiga sabab bo‘lyapti, chunki texnologik taraqqiyotdan uzilgan davlat iqtisodiy nuqtai nazardan har qanaqasiga sezilarli darajada orqaga qaytadi”, degan u.

Germaniya hukumati rahbarining ta’kidlashicha, sanksiyalar o‘z ishini bajaryapti, ammo shunga qaramay, yengib o‘tish kerak bo‘lgan xavflar mavjud. Xususan, Shols sanksiyalar nafaqat Rossiya va uning rahbariyatiga, balki cheklov joriy qilayotgan davlatlarga ham salbiy ta’sir qilishiga to‘xtalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rasmiylari ancha oldin, o‘tgan yili dekabr oyida, buning oqibatlarini yengib o‘tishga tayyorlanishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, G7 platformasi a’zosi bo‘lgan to‘rt davlat – AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiyadan oltin import qilishga taqiq qo‘yish niyatida ekani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

306

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing