Shols Germaniya-Ispaniya o‘yinida qanday hisob qayd etilishini taxmin qildi

Sport

−

image

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat terma jamoasining futbol bo‘yicha Yevropa chempionati chorak finalida Ispaniya terma jamoasi ustidan minimal hisobdagi g‘alabasini taxmin qildi. Bu haqda u Berlinda o‘tkazilgan kommunal xo‘jalik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi.

“1:0 Germaniya foydasiga”, deydi Shols.

Bugun, 5 iyul kuni Shtutgartda bo‘lib o‘tadigan Ispaniya va Germaniya o‘yiniga shaxsan kanslerning o‘zi tashrif buyuradi.

Yevropa chempionatining yarim final o‘yinlari 9 va 10 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Final 14 iyul kuni Berlindagi Olimpiya stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing