Shols Bayden, Makron va Starmer bilan kelishgach, Putinga qo‘ng‘iroq qilgan – “Bild”

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilish rejalarini 18 oktyabr kuni AQSH va Fransiya Prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron hamda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan to‘rt tomonlama formatda muhokama qilgan. Bu haqda “Bild” gazetasi xabar berdi.

Keyin Berlinda to‘rt davlat yetakchilari uchrashgandi.  

Gazetaning yozishicha, Sholsning Putin bilan suhbatidan ko‘zlangan maqsad Rossiya rahbarining Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor yoki tayyor emasligini tushunish bo‘lgan.

Shu bilan birga, kansler nemis tilida gapirgan, shuning uchun Rossiya rahbari tarjimonga muhtoj bo‘lmagan. Biroq Putin, “Bild” nashrining yozishicha, rus tilida javob bergan. Shols esa, Angela Merkeldan farqli o‘laroq, rus tilini bilmasligi sababli, Prezidentning so‘zlari unga tarjima qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Olaf Shols ARD telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazish niyatini tasdiqlagan, biroq bu ishni sheriklari bilan kelishuvsiz amalga oshirish niyatida emasligini aytgandi. Kecha, 15 noyabr kuni Shols va Putin 2022 yil oxiridan buyon birinchi bor telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda ular Rossiya-Ukraina urushini muhokama qildi.  


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Emmanuel' Makron Jo Bayden Olaf Shol'ts Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing