Shokoladlar orasiga nima yashiringani fosh bo‘ldi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2019
8600Qarshi xalqaro aeroportida xorijdan uchib kelib, “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan fuqaro M.Sh.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e’tiborini tortdi va uning yuklari belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxsning yuklari ichida deklaratsiyalanmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan polietilen paketdagi shokoladlar orasiga xufiyona tarzda yashirilgan 5 dona konvalyutada 50 dona nomli “Alprozolam” psixotrop tabletkalari borligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi