Shoir va dramaturg Baxshillo Rajab vafot etdi
Jamiyat
−
15 aprel 2024
6257Bugun, 15 aprel kuni shoir, dramaturg va jurnalist Baxshillo Rajab vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Baxshillo Rajab 1950 yilda tug‘ilgan. U Buxoro pedagogika institutining (hozirgi BuxDU) filologiya fakultetini tugatgan. Shoirning “Xayolimda yulduzlar”, “Rangin chaqmoqlar”, “Yurakka sig‘magan dunyo”, “Sog‘inch suratlari”, “Tong tarovati”, “Orzularning oydin osmoni”, “Gullayotgan O‘zbekiston bu” kitoblari nashr etilgan. Baxshillo Rajab 1993 yildan hozirgacha Buxoro tumani Kengashi va tuman hokimligi muassisligida chop etilayotgan "Galaosiyo ovozi" gazetasiga muharrirlik qilgan.
U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va davlat arbobi Erkin Samandar vafot etgani haqida xabar bergandik.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi