Shodmonovning xorijlik o‘rinbosari SSV tizimidagi rahbarlarga tanishtirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning qarori bilan Dongvuk Li Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

O‘z vazifasini bajarishga kirishib ketgan Dongvuk Li bugun, 5 mart kuni vazirlik markaziy apparati va tasarrufdagi muassasalar rahbarlari bilan tanishtirildi.

Sohada katta tajribaga ega Dongvuk Li O‘zbekiston uchun muhim yo‘nalish bo‘lgan tibbiy sug‘urta sohasini Koreya Respublikasi tajribasini chuqur o‘rgangan holda tatbiq etishini ta’kidladi. Bundan tashqari, 2019 – 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash yo‘lida bor bilim va salohiyatini ishga solishini aytib o‘tdi.

Tanishtiruv tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Dongvuk Li Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligida demografik siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etib, tibbiy xizmat narxlarini tartibga keltirish hamda sug‘urta tizimini takomillashtirishda ko‘maklashgan. Shifoxonalarni boshqarish va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yuksaltirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning bemorga yo‘naltirilgan yaxlit tizimi yaratilishida ham uning xizmati katta. Bundan tashqari, tibbiyot tizimi va resurslari bilan bog‘liq siyosat hamda integratsiya dasturini ishlab chiqish va takomillashtirishda yordam bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Dongvuk Li Sog'liqni saqlash vazirligi

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing