Shohjahon Ergashevning kelgusi jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Birinchi yarim o‘rta vaznda o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ergashev Instagram sahifasidagi jonli efirda aytib o‘tdi.

Profboksda 23 ta jangning barchasida g‘alabaga erishgan Shohjahon Ergashev keyingi bahsini fevral oyida o‘tkazadi.

“Alloh nasib qilsa, fevralda jang o‘tkazaman. Kamarga ham urishaman. Fevraldagi jang eliminator, ya’ni da’vogarlar jangi bo‘ladi. Shu jangda yutsam, keyin har qanday chempion bilan urishsa bo‘ladi”, deydi bokschi.

Eslatib o‘tamiz, Ergashev o‘tgan yilning dekabr  oyida Shohjahon Ergashev 2023 yilda Toshkentda yana bir o‘zbekistonlik profboks ustasi Shahram G‘iyosovga qarshi jang o‘tkazishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Ergashev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing