Shohjahon Ergashev va yana ikki o‘zbekistonlik bokschi bugun ringga ko‘tariladi

Sport

image

Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi “Vegas City Hall” arenasida tashkil etiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev belaruslik Dmitriy Mishyulaga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang sakkiz raund qilib belgilandi.

Bu Shohjahon Ergashevning 19-jangi bo‘ladi. Bugungacha o‘zbekistonlik bokschi 18 ta jng o‘tkazib, ularning 16 tasida raqibini nokautga uchratish evaziga g‘alaba qozongan.

Shuningdek, Krasnogorksdagi boks kechasida yana ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ham reyting janglarida ishtirok etadi. Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) faoliyat olib borayotgan Mirzakamol Ne’matov o‘zining ikkinchi jangini rossiyalik Alisher Ashurovga qarshi o‘tkazsa, professional ringga uchinchi marotaba ko‘tarilayotgan Alisher Shodiyev rossiyalik Muhammadrizo Mutalibovga qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun, janglar Toshkent vaqti bilan 16 noyabr kuni 23:30 da boshlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev boks

Baholaganlar

665

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing