Shohjahon Ergashev ringga qaytmoqda. Jang sanasi va raqib aniq bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning superengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (21-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 26 may kuni AQSHda o‘tkazadi. Bu haqda “Box Ryec” nashri xabar berdi.

8 raundga mo‘ljallangan bu jangda Ergashevga Burkina-Faso vakili Issuf Kinda (18-5, 7 KO) raqiblik qiladi.

Salita Promotions tomonidan tashkillashtirilgan boks oqshomi Ford Community Center (Michigan, AQSH) arenasida o‘tkaziladi.

Ergashev so‘nggi jangini 2021 yilning dekabr oyida o‘tkazib, unda Tailand vakili Aekkauyeye Kaumaneni nokautga uchratgandi. Kinda esa oxirgi marta 2020 yilning iyulida ringga ko‘tarilgan va unda mag‘lubiyatga uchragan.

Shohjahon yanvar oyida professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay boksga qaytganini e’lon qildi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shohjahon Ergashev Jang sanasi

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing