Shohjahon Ergashev raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
Sport
−
29 mart 2024 18910 1 daqiqa
AQSHning Detroyt shahrida professional boksning super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini Xuan Xuertasga qarshi o‘tkazdi.
Jang 1-raunddayoq o‘z yakuniga yetdi. Ergashevning zarbalaridan so‘ng Xuertas chuqur nokaut holatiga tushdi va jang to‘xtatildi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Ergashev faoliyati davomida profboksda 24 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 23 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 31 yoshli Xuyertas esa 22 marta jang o‘tkazib, 17 tasida g‘alaba qozongan va 4 jangda imkoniyatni boy bergan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr