Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi

Sport

Reklama
0:00

Kecha, 16 noyabr kuni o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev professional boksdagi 19-jangini o‘tkazdi.

Belaruslik bokschi Dmitriy Milyusha (9-4-1, 4 KO) va Ergashev jangi Moskva viloyatida bo‘lib o‘tdi. Jang ikki raund davom etdi. 

Ikkinchi raunddan keyin Milyusha ko‘krak qafasida og‘riq sezdi va shifokorlar jangni davom ettirishga ruxsat bermadi. Shu tariqa, Shohjahon texnik nokaut evaziga raqibidan ustun keldi.

Bu Shohjahon Ergashev uchun 19-jangdagi 19-g‘alaba bo‘ldi. Shuningdek, u 17-jangini nokaut bilan yakunlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing