Shohjahon Ergashev ilk raunddayoq raqibini chuqur nokautga uchratdi
Sport
−
11 dekabr 2021 38815 1 daqiqa
Bugun, 11 dekabr kuni professional boksning super yengil vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev o‘zining 21 jangini o‘tkazdi.
Tailand vakili Aekkaueye Kaumanega qarshi kechgan bahs birinchi raundda o‘z nihoyasiga yetdi va 2 daqiqa 40 soniyada Ergashev raqibini chuqur nokautga uchratdi. Kaumaneni esa shifokorlar zambilda olib ketishdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida professional boksdagi o‘zining 9-jangini o‘tkazib, birinchi zarbasidayoq raqibini nokautga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Ergashev faoliyati davomida 21 marta ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan – 19 nokaut.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust