Shohjahon Ergashev IBF reytingida pastladi

Sport

−

image

Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) yanvar oyi uchun yangilangan reytingi e’lon qilindi. Mazkur yo‘nalishda super yengil vazn toifasida kamar uchun jang qilib imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev reytingda 6 pog‘ona pastladi. 

32 yoshli bokschi o‘tgan oyga ko‘ra, 8-o‘rinni egallagandi. Yanvar oyi bo‘yicha jadvalda Ergashev 14-pog‘onada qayd etildi.

Yarim o‘rta vazn toifasida janglar o‘tkazadigan yana bir o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov esa o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qoldi (14-o‘rin).

-69,8 kg dagi charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov ham reytingda bir pog‘ona pastladi. U jadvalda 12-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing