Shohimardonda turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi
Jamiyat
−
04 Oktabr 2019
3812Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Shohimardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi.
Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri Farg‘ona tumani “Shohimardon” va “Yordon” MFYlarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash sanaladi.
Shuningdek, ushbu MFYlarning ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda.
Ma’lumot uchun, Shohimardon Oloy tizmasining shimoliy yon bag‘rida, taxminan 1 ming 550 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 90 kvadrat metrni tashkil qiladi.
LiveBarchasi