Shohasan Mirzamatovning navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

Yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik aralash yakka kurash jangchisi Shohasan Mirzamatovning navbatdagi jangi shu yil 10 mart kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Mirzamatov jang qiladigan liga matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mirzamatov Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkaziladigan Octagon 56 turnirida ishtirok etadi. Hozircha 33 yoshli sportchiga kim raqiblik qilishi noma’lum.

Qayd etish joiz, Octagon 56 musobaqasi dastlab O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgandi, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra turnirga Qozog‘iston mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Shohasan Mirzamatov shu vaqtga qadar MMA'da 14 ta jang o‘tkazib, janglarning 11 tasida g‘alaba qozongan, 3 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. U oxirgi jangini o‘tgan yili oktyabr oyida Ostagon 51 turniri doirasida braziliyalik Nilson Gomesga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shohasan Mirzamatov Nil'son Gomes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing