Qo‘shnisini o‘ldirib, jasadni tahqirlagan o‘zbekistonlik uzoq muddatga qamaldi

Olam

image

Tojikistonning So‘g‘d viloyatida O‘zbekiston fuqarosi Gulmira Ahmedova 22 yilga qamaldi. Bu haqda AP xabar berdi.

Sudda ishi ko‘rilgan 41 yoshli Gulmira Ahmedova So‘g‘d viloyati Bobojon G‘afurov tumanida yashovchi asli O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan bo‘lgan.

Ayol Tojikiston JKning 104-moddasi 2-qismi “v, ye, i” bandlari (ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ldirish), 243-moddaning 1-qismi (murdani tahqirlash) va 249-modda 4-qism “b, v” bandlari (juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish maqsadida bosqinchilik qilish) bilan aybdor deb topilgan.

Qayd etilishicha, jinoyat 2018 yilning 14 iyul kuni amalga oshirilgan.

Gulmira Ahmedova kichik biznes bilan shug‘ullangan. Uning bankdan qarzi bo‘lib, ayol uni to‘lash uchun qo‘shni kampirni o‘ldirgan. Maqsad qo‘shnisining mol-mulkini, xususan, tilla buyumlarini qo‘lga kiritish bo‘lgan.

Jinoyatchi qo‘shnisi Ergashoy Xolboyevani og‘ir shkafni surishda yordam berishga chaqirgan. Qari ayol kirganida Ahmedova uning orqasiga ikki marta pichoq bilan zarba bergan. qo‘shni ayol baqirib, qo‘chaga chiqmoqchi bo‘lgan, biroq jinoyatchi uning og‘zini sochiq bilan yopib, boshini polga ura boshlagan. Natijada ayol boshidan olgan og‘ir jarohat sabab vafot etgan.

Qo‘shni kampir o‘lgach, Ahmedova uning tilla taqinchoqlarini yechib olgan. Jinoyat izini yo‘q qilish uchun o‘g‘li bilan jasadni tandirxonaga olib borgan va yoqib yuborgan. Suyaklarini esa ko‘mib tashlagan.

Jinoyatchi tilla buyumlarni 1850 somonga pullagan.

Ayolni qidira boshlashgan. 21 iyul kuni tongda Ergashoy Xolboyevaning iti uning bosh suyagini o‘g‘lining uyiga olib kelgan. It sabab huquq-tartibot organlari jinoyat izini topib, uni fosh qilishgan.

Endilikda ayol 22 yil umrini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tkazadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston o'zbekistonlik

Baholaganlar

374

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing