Shimoliy Koreyada xorijiy radioni eshitgan baliqchi otib tashlandi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasida baliqchilik kemasi kapitani ko‘p yillar davomida xorijiy radiostansiyalarni tinglagani uchun o‘limga hukm qilindi.

“Jinoyatchi”ning to‘liq ismi noma’lumligicha qolgan. “Daily Star” ma’lumotida uning ismi Chxve ekani aytilgan. Erkak 40 yoshlar atrofida bo‘lgan. U xorijiy radiolarni eshitishni yoshligida, armiyada aloqachilar bilan ishlaganida boshlagan. Ammo bu odatini tashlamay, 15 yil davomida tashqi olamdan xabardor bo‘lib kelgan.

Kapitanning kemadagi ishchilardan biri bilan janjallashib qolishi oqibatida uning bu odati fosh bo‘lgan. Janjallashgan ishchi Hukumatni boshlig‘ining “qilmishi”dan ogohlantirgan.

Chxonjin port shahrida dengizchi “Ozod Osiyo radiosi”ni tinglashda ayblangan va yuzlab baliqchilar ko‘z o‘ngida otib tashlangan.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

717

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing