Islom sivilizatsiya markazidagi yong‘in tafsilotlari ochiqlandi

Jamiyat

Avvalroq, poytaxt Toshkent markazida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik. 
                                                                                                                 
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ushbu yong‘in tafsilotlarini ochiqladi. Unda qayd etilishicha, yong‘in bugun soat 16:38da, Olmazor tumani, Zarqaynar 1-tor ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiya markazi xududida chiqqan. Binoning 150 kv metr maydonida teploizolyatsiya (penoplast) mahsulotlari yongan. 

Yong‘indan yangi qurilayotgan binoga zarar yetmagan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:44da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:54da qurshab olinib, soat 17:06da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.  Yong‘in joyiga 16 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.

“Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Islom tsivilizatsiyasi markazi

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing