Shimoliy koreyalik askar Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi

Olam

image

Shimoliy Koreya askari mamlakat sharqidagi chegara orqali Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi. Bu haqda “Thye Korea Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, KXDR askari 20 avgustga o‘tar kechasi mamlakatlararo chegaraning eng sharqiy chekkasida joylashgan Gangvon provinsiyasidagi Goson okrugi hududida, 22- operatsion zonada chegarani kesib o‘tgan.

"Bugun tong saharda bir Shimoliy Koreya askari chegarani kesib o‘tdi va janubga o‘tish niyatini bildirdi", deydi harbiylar.

Erkak chegara chizig‘ini kesib o‘tib, janubga qarab harakatlana boshlaganida, u kuzatilgan va xavfsiz tarzda hibsga olingan. Harbiylar Shimoliy Koreya fuqarosini tegishli idoralarga topshirdi, hozirda uning qochib kelish tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Ma’lumot uchun, 8 avgust kuni Shimoliy Koreya fuqarosi Xan daryosining bo‘yida neytral hudud orqali daryodan suzib Janubiy Koreyaga o‘tgan edi. Birlashish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Shimoliy Koreyaning 196 nafar fuqarosi Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan. 2024 yil iyun oyi oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, janubga qochganlar soni 105 nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida amerikalik askar Trevis King Janubiy Koreyadan o‘zboshimchalik bilan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan va KXDRda hibsga olingandi. Buni AQSH Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi. 16 avgust kuni esa Koreya markaziy axborot agentligi Trevis King KXDR yoki boshqa bir uchinchi davlatdan boshpana so‘rash niyatida ekanini yozdi. Keyinchalik Shimoliy Koreya askarni AQSH rasmiylariga topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing