Shimoliy Koreyada Kim Chen In va uning qizi aks etgan markalar chiqariladi

Olam

image

Shimoliy Koreyada mamlakat yetakchisi Kim Chen In va uning Kim Chju E nomi bilan tanilgan qizi suratlari tushirilgan yangi pochta markalari dizayni taqdim etildi. Bu haqda “Korea Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, markalar dizaynida Kim Chen In va uning qizi o‘tgan yil noyabr oyida “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasi sinovdan o‘tkazilganda tushgan suratlar aks etgan.

Keltirilishicha, markalar 17 fevraldan sotuvga chiqariladi.

Ma’lumot o‘rnida, KXDR birinchi marta Kim Chen Inning ikkinchi farzandi Kim Chju Ening surati aks ettirilgan markalarni muomalaga chiqarmoqda.

Kim Chen In birinchi bo‘lib qizini 2022 yil 18 noyabr kuni “Xvason-17” tipidagi qit’alararo ballistik raketasi sinovida ommaga ko‘rsatgan.

Shimoliy Koreyaning rasmiy ommaviy axborot vositalari qizning ismini ko‘rsatmasdan tilga olishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made