Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya rahbariyati bugun, 16 may kuni Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlariga tayanib, "Yonhap" agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, uchirish Shimoliy Koreya sharqidagi Vonsan port shahridan mahalliy vaqt bilan soat 15:10 da amalga oshirilgan.

Yaponiya davlat televideniyesi hukumat amaldoriga tayanib, qisqa masofali raketalar Yapon dengiziga qulagani haqida xabar berdi. Yaponiya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya raketalari Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushganini aytdi.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayashi jurnalistlarga ballistik raketa uchirilishi oqibatida hech qanday zarar aniqlanmaganini aytdi.

Bugungi raketa uchirilishi yil boshidan beri beshinchisi bo‘ldi. Janubiy Koreya Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR oxirgi marta 22 aprel kuni raketa uchirgan. Koreya markaziy axborot agentligining xabar berishicha, shu kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shartli yadroviy qarshi zarba berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

2024 yil yanvar oyida KXDR sirpanchiq kallakli ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishni qayta boshladi. 14 yanvardagi sinovlardan so‘ng Yaponiya Shimoliy Koreyani BMT rezolyutsiyalarini buzganlikda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya raketa Yapon dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing