Shimoliy Koreya va Eron xakerlikda sun’iy intellektdan foydalanyapti – Microsoft
Olam
−
15 fevral
4427AQSHdagi texnologiya giganti Microsoft o‘zi ishlab chiqqan generativ sun’iy intellekt (AI)dan xakerlikda foydalangan yoki foydalanishga uringan davlatlarni e’lon qildi. Bu haqda “Thye Guardian” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, asosan Eron va Shimoliy Koreya “tajovuzkor kiber operatsiya”larni amalga oshirish uchun generativ sun’iy intellektdan foydalanishni boshlagan.
Xususan, Shimoliy Koreyaning “Kimsuky” nomi bilan tanilgan kiber-josuslik guruhi xorijiy axborot markazlarini tadqiq qilish va “fishing”da qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kontent yaratishda AI’dan foydalangan.
Eron inqilobiy gvardiyasi axborot markazining himoyasini yanada mustahkamlash, dasturiy ta’minotdagi xatolarni bartaraf etish va hatto tarmoqni buzib kirishdan qanday qochish mumkinligini o‘rganish uchun ham turli modellardan foydalangan.
Rossiya va Xitoy esa nisbatan kamroq foydalanish darajasini ko‘rsatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kiberxavfsizlik bo‘yicha firmalar uzoq vaqtdan beri mudofaa sohasida, asosan, tarmoqlardagi anomal xatti-harakatlarni aniqlash uchun AI’dan foydalangan. Shu bilan birga, jinoyatchilar va tajovuzkor xakerlar ham sun’iy intellektdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning eng nufuzli adabiy mukofoti – "Akutagava"ning 17-g‘olibi Riye Kudan o‘z romanini yozishda chatGPT’dan foydalanganini tan olgandi.
Rayhona Ulkanbayeva