Shimoliy Koreya urushda Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya o‘z suvereniteti va kelajagini imperialistlarga qarshi himoya qilayotgan Rossiya xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, birdamligini izhor etadi hamda farovonlik va g‘alaba tilaydi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Rossiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrik telegrammasida aytib o‘tilgan. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi

“O‘rtoq Kim Chen Inning ta’kidlashicha, bugungi kunda Rossiya xalqining ortib borayotgan tahdid va davlat suvereniteti, xavfsizligi va tinch hayotiga putur yetkazishga urinayotgan dushman kuchlar chaqirig‘iga qarshi kurashi yangi muhim bosqichga kirmoqda. Davlat rahbari Rossiya xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va birdamligini bildirishini ma’lum qildi”, deyilgan xabarda.

Kim Chen In o‘z so‘zida adolat doimo g‘alaba qozonishi va rus xalqi g‘alaba tarixini nishonlashda davom etishi haqida o‘z tilaklarini bildirgan.

Shuningdek, u Shimoliy Koreya va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik har ikki davlat uchun “qimmatli strategik boylik”ga aylanganini ta’kidlagan. In Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya yetakchisi Vladimir Putinni davomli ravishda Rossiya kuni munosabati bilan tabriklab keladi. U o‘tgan 2022 yili yo‘llagan tabriknomasida ham Rossiya Federatsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing