Shimoliy Koreya uchta raketa uchirdi. Yaponiya tekshiruv boshladi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) bir kunda uch marta ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi ma’lum qildi. 

Avvalroq qirg‘oq qo‘riqlash xizmati birinchi raketaning trayektoriyasi mamlakat havo hududi orqali Miyagi, Niigata va Yamagata prefekturalari hududidan o‘tgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Yaponiya Mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada raketa Yapon dengiziga qulaganini aytib, bu ma’lumotni rad etdi. Mudofaa boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, o‘shanda uchirilgan ikkita raketadan biri 750 km masofani bosib o‘tganini va uning parvozining maksimal balandligi 2 ming km bo‘lganini aytdi. 

Yaponiya rasmiylari hozirda KXDR tomonidan amalga oshirilgan raketa uchirilishi tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda. Bosh vazir Fumio Kisida idorasi qoshida raketa uchirilishi munosabati bilan ma’lumot to‘plash uchun favqulodda shtab tashkil etilgan. 

Uchirishlar KXDR qarshilik ko‘rsatgan AQSH va Janubiy Koreyaning “Vigilant Storm” qo‘shma havo mashqlari fonida amalga oshirilmoqda. Ular 31 oktyabrda boshlangan va 4 noyabrgacha davom etadi. Manyovrlarda 240 dan ortiq samolyotlar, jumladan, Amerikaning ilg‘or F-35A stels qiruvchi samolyotlari ishtirok etmoqda. 

KXDR Seul va Vashingtonning ushbu va boshqa mashg‘ulotlari tufayli Koreya yarim oroli dunyoda harbiy keskinlik eng yuqori bo‘lgan qaynoq nuqtaga aylangani va mintaqadagi xavfsizlik vaziyati yanada jiddiylashganini aytdi.

Oktyabr oyida Shimoliy Koreya beshdan ortiq raketa uchirishni amalga oshirdi, KXDR ham qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazdi. Bundan tashqari, 24 oktyabr kuni Janubiy va Shimoliy Koreya harbiylari o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tdi: Seulning ogohlantiruvchi o‘qlariga javoban,  KXDR kemasining Sariq dengizdagi dengiz demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tganligi sababli, Pxenyandan bir nechta raketa tizimlaridan 10 ta snaryad otildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya KXDR

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing