Shimoliy Koreya Trampning bugungi so‘zlari yolg‘onligini ma’lum qildi
Olam
−
19 aprel 2020
17725vvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan yaxshi ma’noli xat olgani, “agar u Prezident bo‘lmaganida, ikki o‘rtada allaqachon urush chiqishi mumkinligi” haqida xabar bergan edik.
Shimoliy Koreya tomoni esa Trampga hech qanday maktub yuborilmaganini ta’kidlab chiqdi.
KXDR tashqi ishlar vaziri Li Song Gvon bugun, 19 aprel kuni Prezident Kim Chen In AQSH Prezidenti Donald Trampga xat yo‘llamaganini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bermoqda.
“AQSH Prezidenti balki oldingi maktublarni nazarda tutgandir, biroq bizning rahbarimiz Qo‘shma Shtatlar rahbariga biron bir xat yubormadi”, dedi KXDR tashqi ishlar vaziri.
LiveBarchasi