Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol-yarog‘ beryaptimi?

Olam

image

Shimoliy Koreya (KXDR) Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

“Biz Rossiya bilan hech qachon “qurol bo‘yicha kelishuvlar”ga ega bo‘lmaganimizni va kelajakda bunday qilishni rejalashtirmasligimizga yana bir bor amin bo‘ldik”, deyiladi Koreya rasmiylarining bayonotida.

Bundan tashqari, KXDR Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi qurol-yarog‘ kelishuvlari borligi haqidagi mish-mishlar Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan tarqatilayotganini qo‘shimcha qilgan. Pxenyan rasmiylarining iddaosicha, AQSH bunday harakatlari bilan Shimoliy Koreyaning obro‘siga putur yetkazmoqchi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Rossiya Ukraina yerlariga qilayotgan bosqinida foydalanish uchun Moskvaga yashirin tarzda artilleriya snaryadlarini yuborayotganini da’vo qilgan edi.

Avvalroq, Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bunga javob tariqasida, AQSH va Janubiy Koreya Tashqi ishlari vazirlari uchrashib, Shimoliy Koreya yadro qurolidan foydalanadigan bo‘lsa, Kim Chen Inning rejimi qulashi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing