Shimoliy Koreya Kim Chen In bosh-qoshligida josuslik sun’iy yo‘ldoshini uchirdi (foto)

Olam

image

Shimoliy Koreyada bortida ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan ballistik raketa uchirildi. Bu haqda mamlakat axborot agentligi ma’lum qildi.

"Maligen-1" sun’iy yo‘ldoshi Soxe sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan “Chollima-1” raketasi yordamida parvoz qilgan. Raketa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 22:43 da havoga ko‘tarilgan.

Aytilishicha, raketa belgilangan marshrut bo‘ylab normal harakatlangan va ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishdan 705 soniya o‘tib orbitaga aniq joylashtirgan.

Parvoz chog‘ida kosmodromda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ham bo‘lgan. 

Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singxning bildirishicha, amerikalik harbiylar sun’iy yo‘ldoshni fazoga chiqarish amaliyoti muvaffaqiyatli bo‘lgani yoki yo‘qligini aniqlashda davom etmoqda. 

Janubiy Koreya KXDR bayonotiga javoban harbiy keskinlikni kamaytirishga qaratilgan 2018 yilda imzolangan Koreyalararo kelishuv qismlarini amalga oshirishni to‘xtatish choralarini ko‘rishini bildirgan. Harakat mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy chegara chizig‘i atrofidagi hududda razvedka va kuzatuv operatsiyalarini qayta boshlashni o‘z ichiga oladi.

Shimoliy Koreyaning bu yilgi ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqish bo‘yicha birinchi urinishi 31 may kuni bo‘lib o‘tdi va raketa havodan ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib, dvigatel tizimida nosozlik yuzaga kelgan.

Avgust oyi oxirida Pxenyan yana ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni orbitaga joylashga urinib ko‘rdi va bu safar ham uddalay olmadi. Raketaning qismlari Filippindan 600 km sharqda qulagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya josuslik sun'iy yo'ldoshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing