Shimoliy Koreya eng yangi tankini namoyish qildi

Olam

image

Shimoliy Koreyada tank ekipajlari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi, unda yangi turdagi tanklar namoyish etildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

"Musobaqa birlikma-bo‘linma usulida o‘tkazildi. Ular tank ekipajlarining amaliy ko‘nikmalarini va turli taktik vazifalarni bajarish uchun jangovar harakatlar usullarini amalda qo‘llashni qat’iy sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Musobaqada yirik tank tuzilmalaridan taniqli tank ekipajlari ishtirok etishdi", deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlarda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Mudofaa vaziri Kan Sun Nam va Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Li Yon Gil ishtirok etdi.

“O‘rtoq Kim Chen In bugungi tank musobaqalarida ilk bor o‘zining ajoyib jangovar qobiliyatini namoyon etgan yangi turdagi jangovar tank kuchli zarba kuchi va manyovr qobiliyatini namoyon etganidan mamnunligini bildirib, armiyamiz dunyodagi eng kuchli tanklardan biriga egalik qilishidan ishonch bilan faxrlanishini ta’kidladi”, deya ta’kidlaydi agentlik.

Musobaqadan so‘ng Kim Chen In haydovchi o‘rnini egallab, yangi tankni shaxsan sinovdan o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya tank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing