“Shilqim” xodim ishdan bo‘shatildi. O‘zbekiston TIV jurnalistdan uzr so‘radi

Jamiyat

image

Avvalroq Polshalik xalqaro mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi unga akkreditatsiya berishni rad etgani va o‘tgan yil akkreditatsiya olganidan so‘ng Tashqi ishlar vazirligidan biriktirilgan “Rustam” ismli xodim unga tegajog‘lik qilib, uni o‘pmoqchi bo‘lganini bildirgan edi. holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun 2 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Vazirlik Matbuot kotibi A.Xojimetov va ilgari TIV huzurida “Al-Jazeera” telekanali muxbiri sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Agneshka Pikulitska-Vilchevska o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv davomida uning akkreditatsiyasi va bo‘lib o‘tgan voqea bilan bog‘liq qo‘shimcha holatlar aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet ellik jurnalistdan hodisa uchun uzr so‘ragan.

Mazkur muxbir tomonidan tilga olingan vazirlik xodimi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan bo‘shatilgan.

Agneshka Pikulitska-Vilchevskaning jurnalistik akkreditatsiyasini rasmiylashtirish jarayoni 2021 yil 3 fevral kuni yakunlanadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing