Shifokorlar koronavirusning yangi alomatlarini aniqladi
Salomatlik
−
28 mart 2020 52430 1 daqiqa
Amerika Oftalmologiya akademiyasining shifokorlari koronavirusning yangi simptomlarini aniqlashdi. Ularning ma’lum qilishicha, ko‘z shilliq qavatini yallig‘lanishi koronavirus infeksiyasining belgisi bo‘lishi mumkin.
Shifokorlarning aytilishicha, Xitoyda koronavirus bilan kasallangan 1099 bemorning 19 tasida ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi aniqlagan. Ushbu statistika mamlakatdagi 30 ta shifoxonaning ma’lumotiga tayanib olingan.
Ta’kidlanishicha, faqatgina COVID-19 ko‘z kasalligiga sabab bo‘lmaydi. Lekin bunday paytda hushyorlikni oshirish talab qilinadi.
Ma’lumot uchun, quruq yo‘tal, isitma, holsizlik, terlash, nafas qisishi va ba’zida ko‘ngil aynishi koronavirusning keng tarqalgan alomatlari hisoblanadi. Agar o‘zingizda ushbu alomatlarni sezsangiz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz talab qilinadi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025