Shifokorlar 5-qavatdagi eskalatordan qulagan nabiraning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda – SSV

Jamiyat

image

Avvalroq, Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira 5-qavatdagi eskalatordan qulab tushgani va bobo vafot etgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati nabiraning holati haqida ma’lumot berdi.

Vazirlikka ko‘ra, tibbiyot xodimlari stabil og‘ir ahvoldagi bemorning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Qayd etilishicha, balandlikdan yiqilgan bola Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan. Unda standart bo‘yicha nevrologik, ultratovush va bosh miya MSKTSi kabi qator tekshiruvlar amalga oshirilgan.

Bemor A.T.ga dastlab “Qo‘shma jarohat, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o‘rta og‘ir darajasi, peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng tomonlama chanoq suyaklari sinib siljishi, o‘ng o‘pka lat yeyishi, chap son pastki uchligi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi uning holatini nazoratga olgan. Tibbiyot xodimlari stabil og‘ir ahvoldagi bemorning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Unga standart asosida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.

Eslatib o‘tamiz, baxtsiz hodisa kecha, 18 fevral kuni soat taxminan 20:30 da sodir bo‘lgan. 53 yoshli fuqaro 3 yashar nabirasi bilan majmuaning 5 va 4-qavatlari oralig‘idagi eskalatorda muvozanatini yo‘qotib, 1-qavatga yiqilgan.

1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan 3 yoshli nabira A.T. esa zudlik bilan bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing