Shifoxonadagi dahshatli yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat shifoxonasida yong‘in chiqishi oqibatida kamida 14 nafar chaqaloq halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

\Qayd etilishicha, yong‘in bugun, 26 avgust kuni soat taxminan 07:00 da “Pakistan Institute of Medical Sciences” (PIMS) shifoxonasining ona va bola salomatligi bo‘limida yuzaga kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga konditsioner tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Yong‘in vaqtida bo‘limda 16 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lgan. Ulardan faqat bir nafari qutqarilgan. Shu bilan birga, Geo TV telekanali yong‘inda halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetganini xabar qilgan. Hodisa joyi o‘rab olingan, shifoxona tashqarisida tez yordam mashinalari saf tortgan.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif voqea yuzasidan zudlik bilan tergov o‘tkazishni buyurgan. Uning idorasi bayonotida yong‘in uchun mas’ul shaxslar aniqlanishi va ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi kerakligi bildirilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur hodisa Pokistonda so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan eng ko‘p halokatli shifoxona yong‘inlaridan biri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jazoir poytaxti yaqinidagi bolalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lib, yana 19 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing