Shia otryadlari Suriyadagi AQSH bazasiga raketa hujumi uyushtirdi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

24 martdan 25 martga o‘tar kechasi Eronparast shia tuzilmalari jangarilari Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni yaqinida joylashgan AQSH harbiy bazasiga kamida to‘qqizta raketa zarbasi berdi. Bu haqda Dubaydan translyatsiya qiluvchi “Al Hadath” telekanali xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, avvalroq El-Omar neft koni yaqinidagi harbiy bazaga raketa hujumi uyushtirilgan. Hujumning oqibatlari va mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar haqida ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, bunga javoban AQSH harbiy-havo kuchlarining vertolyotlari ko‘tarilgan, ular hujumchilarni qidirish uchun hududda harakat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2015 yildan beri Qo‘shma Shtatlar mamlakat shimoli-sharqida Suriya Demokratik kuchlari kurd otryadlari tomonidan nazorat qilinadigan to‘qqizta harbiy baza qurdi.

Ulardan to‘rttasi Dayr-az-Zordagi neft konlari yaqinida, yana beshtasi qo‘shni Xasek viloyatida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni AQSH harbiylari Suriyadagi Eron inqilob qo‘riqchilari korpusi bilan aloqador nishonlarga bir qator havo hujumlarini boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing