Sherzodxon Qudratxo‘janing Rossiyaga kirishi taqiqlanishi mumkin
Olam
−
14 fevral
21545Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing Rossiyaga kirishi taqiqlanishi mumkin. Bu haqda "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi raisi, O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z intervyusida bir mamlakatda yashab turib, uning tilini bilmaydiganlarni “bosqinchi yoki telba” deya atagan.
Shuningdek, Jurnalistika universiteti rektori Amir Temurning Oltin O‘rdaga yurishi tufayli Rossiya davlati saqlab qolingani va keyinchalik kuchayganini ta’kidlab o‘tgan.
Sherzodxon Qudratxo‘janing mazkur bayonoti yuzasidan "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov jurnalist bilan har qanday aloqalar to‘xtatilishi va uning o‘zi, qarindoshlariga Rossiyaga kirish taqiqlanishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuningdek, Primakov o‘zbek jurnalistning bu so‘zlari uchun uzr so‘rashi kerakligini ham qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq tarixchi Mixail Smolin 1917 yilgacha "o‘zbek xalqi bo‘lmagani" haqida iddaosi bahs-munozaraga sabab bo‘lgandi.
Bundan tashqari, yozuvchi Zaxar Prilepinning "O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish" haqidagi iddaosi sabab, Rossiya elchisi O‘zbekiston TIVga chaqirtirilgandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi