Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist bo‘ldi

Jamiyat

image
O‘zbekiston ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmaydi – Sherzodxon Qudratxo‘ja  north_east

O‘zbekiston ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmaydi – Sherzodxon Qudratxo‘ja 

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘ja “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning bugun, 25 avgust kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonida ma’lum qilindi. 

Sherzodxon Qudratxo‘ja 1974 yil 26 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1991-1996 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 

1996-1998 yillarda “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasi “Axborot” direksiyasi muharriri, siyosiy sharhlovchisi, 1998-1999 yillarda “O‘zbekiston” teleradiokompaniya Xalqaro ko‘rsatuvlar direksiyasi direktori, 1999-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi va xizmati rahbari, 2000-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati bosh konsultanti, 2005-2008 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi, 2008-2018 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida turdi lavozimlarda ishlagan. U 2017-2022 yillarda “Xalqaro Press-klub” nodavlat-notijorat tashkiloti raisi bo‘lgan. 

U hozirgi kunda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi sifatida ishlab kelmoqda.

Sherzodxon Qudratxo‘ja “Oltin qalam” milliy mukofoti, “Mehnat shuhrati” ordeni, “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzodxon Qudratxo'ja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing