Sherzod Qudbiyev Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Sherzod Qudbiyev boshqa lavozimga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 avgust kuni imzolagan farmoni bilan Sherzod Davlatovich Qudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etildi. 

Qudbiyev 2007−2010-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (vazirlikning avvalgi nomlanishi)da turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, 2012−2015-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori bo‘lgan.

2015 yildan 2018 yilning aprel oyigacha, ya’ni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bo‘lguniga qadar Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Qudbiev

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing